Uncategorized

  

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini yangilashdan bosh tortdi

Stokgolm, 2-iyun 2021-yil – O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning matbuot akkreditatsiyasini darhol yangilashi va barcha jurnalistlarning ta’qiblardan qo’rqmagan holda reportajlar tayyorlay olishlarini ta’minlashi kerak, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Bugun O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) “Al-Jazira” telekanali va “Gardian” gazetasining poytaxt Toshkentda joylashgan frilans-muxbiri Agneshka Pikulitskaning matbuot…

Read More ›

O’zbekistonda internet orqali davlatga “hurmatsizlik” bildirish, norozilik namoyishlarini uyushtirishni taqiqlovchi qonunlar qabul qilindi

Stokgolm, 28-aprel 2021-yil – O’zbekiston rahbariyati internetda so’z erkinligini cheklashga qaratilgan yangi qonunlarni bekor qilishi va jurnalistlarning jazolanishdan qo’rqmay, ahamiyatli masalalarni bemalol yoritishlarini ta’minlashi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 31-martda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy kodeks va 2003-yilgi axborot haqdagi qonunga kiritilgan yangi o’zgartishlar parlament va prezident tomonidan ma’qullanganidan so’ng kuchga kirdi,…

Read More ›

O’zbekistonlik bloger Otabek Sattoriy 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Stokgolm, 10-may 2021 yil – O’zbekiston hukumati jurnalist Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod qilishi, uning apellyatsiya murojaatiga qarshi chiqmay, unga va barcha jurnalistlarga erkin ravishda va tazyiqlardan qo’rqmagan holda ishlash imkonini berishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Bugun Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman sudi mahalliy korruptsiya iddaolarini yoritgan bloger Sattoriyni tovlamachilikka…

Read More ›

O’zbekistonlik jurnalist Sid Yanishev korruptsiya haqidagi xabarlari uchun sud qilinmoqda

Stokgolm, 22-aprel 2021-yil – O’zbekiston rahbariyati jurnalist Sid Yanishevga qo’yilgan barcha ayblovlarni bekor qilib, unga erkin ishlash imkonini berishi kerak, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Kecha kunning ikkinchi yarmida poytaxt Toshkentda huquq-tartibot organlari xodimlari “Fergana” mustaqil axborot agentligida frilanser sifatida ishlaydigan Yanishevni hibsga oldi, deya xabar berdi “Fergana” va kechroq…

Read More ›

O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi bayonotida jurnalist Agneshka Pikulitska LGBTQ mavzusini yoritgani uchun qonuniy javobgarlik bilan tahdid qilindi

Stokgolm, 6-aprel, 2021-yil – O’zbekiston rahbariyati jurnalist Agneshka Pikulitskaning xavfsiz sharoitda ishlashini ta’minlashi va unga nisbatan qonuniy tahdid qilishdan tiyilishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 28 mart kuni “Al-Jazira” va “Gardian” gazetasining poytaxt Toshkentdagi frilans-muxbiri Agneshka Pikulitska LGBTQ huquqlari faoli Miraziz Bozorovni kasalxonada ziyorat qildi; faol o’sha kuni ertaroq kaltaklanib…

Read More ›

O’zbekistonlik bloger Otabek Sattoriy tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan

Nyu-York, 2021 yil 8-fevral – O’zbekiston rahbariyati jurnalist Otabek Sattoriyni tezda ozod qilishi, unga qo’yilgan barcha ayblovlarni bekor qilib, erkin ishlashiga imkon berishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 30-yanvar kuni O’zbekiston janubidagi Termiz shahrida bir guruh oddiy kiyim kiygan huquq-tartibot organlari zobitlari bloger Sattoriyni hibsga oldi, deya xabar berdi OAV….

Read More ›

O’zbekiston parlamenti “yolg’on ma’lumot tarqatish” uchun jinoiy javobgarlik belgilamoqda

Nyu-York, 21-dekabr 2020 y. – O’zbekiston rahbariyati yolg’on deb ishoninlgan ma’lumotni tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilashga qaratilgan urinishlarni to’xtatishi lozim, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi. 15-dekabr kuni Oliy Majlisning quyi palatasi deputatlari mamlakat jinoiy va ma’muriy kodekslariga “yolg’on ma’lumotni tarqatganlik”da aybdor deb topilganlarni jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish haqidagi…

Read More ›