O’zbekiston poytaxti Toshkentda huquq-tartibot organlari xodimlari, 23-iyul 2020 y. Parlament yolg’on ma’lumot uchun jinoiy javobgarlik belgilamoqda. (France Press agentligi / Yuriy Korsuntsev)

O’zbekiston parlamenti “yolg’on ma’lumot tarqatish” uchun jinoiy javobgarlik belgilamoqda

Nyu-York, 21-dekabr 2020 y. – O’zbekiston rahbariyati yolg’on deb ishoninlgan ma’lumotni tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilashga qaratilgan urinishlarni to’xtatishi lozim, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi.

15-dekabr kuni Oliy Majlisning quyi palatasi deputatlari mamlakat jinoiy va ma’muriy kodekslariga “yolg’on ma’lumotni tarqatganlik”da aybdor deb topilganlarni jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish haqidagi o’zgartirishlarni qabul qildi, deya xabar beradi OAV, bu haqda, shuningdek, o’zgartirishlar loyihasi va Oliy Majlis press-relizida ham so’z boradi.

19-dekabr kuni parlament yuqori palatasi o’zgartirishlar loyihasini tasdiqladi. Uning qonuniy kuchga kirishi uchun prezident imzosi lozim, deyiladi xabarlarda. Manbalarga ko’ra, Oliy Majlisning har ikkala palatasi prezident Shavkat Mirziyoyevni qo’llab-quvvatlaydi.

“Biz O’zbekistonning jurnalistlarni tuhmat va haqorat ayblovlari bilan qamash amaliyotini bekor qilish haqidagi ko’pdan kutilgan qarorini olqishlaymiz,” deydi Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo dasturi koordinatori Gulnoza Said. “Ammo yolg’on ma’lumotni tarqatish uchun ozodlikdan mahrum etishni ko’zda tutadigan yangi qonun loyihasi ijobiy islohotlarni bekor qiladi va matbuot erkinligi hamda so’z erkinligini kafolatlovchi demokratik amaliyotlarga ziddir. Agar O’zbekiston demokratik yo’ldan ketayotganiga dunyoni ishontirmoqchi bo’lsa, taklif etilgan qonuniy o’zgartirishlarni qabul qilmasligi kerak.”

Yangi o’zgartirishlarga ko’ra, yolg’on ma’lumot tarqatish haqdagi qonunni ilk bor buzganlar 22 million so’m (2130 AQSh dollari) jarima to’lashga majbur bo’ladi, jinoyatni qayta sodir etganlar esa ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Agar yolg’on ma’lumot tarqatish natijasida katta ziyon yetkazilgan bo’lsa, uch yilgacha qamoq jazosi ko’zda tutilgan; agar qonunbuzarlik ommaviy tadbirda yoki favqulodda choralar kiritilgan davrda sodir etilgan bo’lsa, besh yilgacha qamoq jazosi ko’zda tutilgan, deyiladi taklif etilgan o’zgartirishlarda.

Amaldagi jinoyat kodeksiga ko’ra, tuhmat uchun uch yil ozodlikdan mahrum etish, haqorat uchun esa ikki yilgacha majburiy mehnat yoki bir yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

Taklif etilgan o’zgartirishlar “zo’ravonlik va shavqatsizlikni targ’ib etish” uchun ham yavobgarlikni belgilaydi. Amaldagi qonunlarga ko’ra, zo’ravonlik va shavqatsizlikni targ’ib etuvchi mahsulotlarni reklama qilgan, tarqatgan yoki namoyish qilgan fuqarolar 22300000 so’m (2131 AQSh dollari), rasmiylar esa 33450000 so’m (3197 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi. Yangi o’gartirishlar qabul qilinsa, bu jarimalar miqdori fuqarolar uchun 89200000 so’m (8525 AQSh dollari) va mansabdorlar uchun 100350000 so’mgacha (9591 AQSh dollari) oshiriladi, deyiladi Oliy Majlis press-relizida.

Mart oyida O’zbekistonda jinoyat kodeksiga o’zgartirishlar kiritilib, karantin haqida yolg’on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy jaborgarlik belgilangan edi, deya xabar bergan o’sha payda OAV.

Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi masala yuzasidan sharh so’rab Oliy Majlisga elektron maktub yo’lladi, lekin hozircha jabob olmadi.