Nyu-York, 8-dekabr 2021-yil — Oʻzbekiston rasmiylari yaqinda bloger Fotima Joʻrayevaga uyushtirilgan hujumni tez va oshkoralik bilan o’rganishi va uning xavfsizligini taʼminlashi kerak, deya bugun bayonot berdi Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi (CPJ). 22-noyabr kuni O‘zbekistonning Andijon viloyatidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” davlat korxonasining Ulug‘nor tumani bo‘limi bosh hisobchisi fermerlarning kommunal to‘lovlarini sun’iy ravishda oshirayotgani haqidagi iddaolarni tekshirmoqchi…
Nyu-York, 8-noyabr 2021-yil – Oʻzbekiston rahbariyati jurnalist Agneshka Pikulitskaga mamlakatga kirib, bemalol ishlashiga ruxsat berishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi (CPJ). Kecha kunning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bilan chegaradagi Jibek yo‘li-G‘isht ko‘prik (Chernyaevka) chegara-nazorat punktida O‘zbekiston rasmiylari Polsha fuqarosi, “Al-Jazira” va “Gardian” gazetalarining frilans-muxbiri Pikulitskaga mamlakatga kirish taqiqlanganini aytib, unga kirishga ruxsat…
Nyu-York, 21-oktabr 2021-yil – O‘zbekiston rasmiylari AQSh Kongressi tomonidan moliyalashtiriladigan Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi xodimlariga kelib tushgan tahdidlarni tezda tekshirishi va jurnalistlarning xavfsiz sharoitda ishlashini ta’minlashi lozim, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ). Ozod Yevropa va Ozodlik Radiosi xabarlariga ko‘ra, 16-oktabr kuni Telegram ilovasining anonim foydalanuvchilari Ozodlik radiosining o‘zbek xizmati xodimlariga o‘nlab tahdidlar yo’llagan….
Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ) bugun inson huquqlari va so’z erkinligi bo’yicha to’rtta boshqa tashkilot bilan birgalikda Qirg’iziston rasmiylarini jurnalist Azimjon Asqarovning qamoqxonada vafot etgani yuzasidan mustaqil tergov o’tkazishga da’vat etdi. Qo’shma bayonotda aytilishicha, rasmiylar Asqarovning 2020-yil 25-iyul kuni qamoqda olamdan o’tishi yuzasidan chuqur va xolis tekshiruv o’tkazmagan. Mamlakat rasmiylari Asqarovning COVID-19 bilan bog’liq asoratlar…
Stokgolm, 24-iyun 2021-yil – O’zbekiston rasmiylari Kun.uz va Azon.uz mustaqil yangiliklar veb-saytlari xodimlariga nisbatan belgilangan jarimalarni bekor qilib, barcha OAVga erkin xabar va sharh berish imkoniyatini yaratishlari kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 21-iyun kuni poytaxt Toshkentning Chilonzor tuman sudi diniy mavzudagi maqolalarni avvaldan tasdiqlash uchun Din ishlari bo’yicha davlat qo’mitasiga…
Stokgolm, 14-iyun 2021-yil – O’zbekiston rasmiylari Effect.uz vebsaytining uch xodimiga yaqinda qilingan hujum yuzasidan xolis va puxta tergov o’tkazishi va aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 7-iyun kuni tushdan keyin Andijon shahar hokimligi binosida bir guruh odamlar Effect.uz muxbirlari Rahmatullo Nasretdinov va Abror Eshonxonov hamda operator Suxrob Umarovni…
Stokgolm, 2-iyun 2021-yil – O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning matbuot akkreditatsiyasini darhol yangilashi va barcha jurnalistlarning ta’qiblardan qo’rqmagan holda reportajlar tayyorlay olishlarini ta’minlashi kerak, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Bugun O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) “Al-Jazira” telekanali va “Gardian” gazetasining poytaxt Toshkentda joylashgan frilans-muxbiri Agneshka Pikulitskaning matbuot…
Stokgolm, 28-aprel 2021-yil – O’zbekiston rahbariyati internetda so’z erkinligini cheklashga qaratilgan yangi qonunlarni bekor qilishi va jurnalistlarning jazolanishdan qo’rqmay, ahamiyatli masalalarni bemalol yoritishlarini ta’minlashi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 31-martda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy kodeks va 2003-yilgi axborot haqdagi qonunga kiritilgan yangi o’zgartishlar parlament va prezident tomonidan ma’qullanganidan so’ng kuchga kirdi,…
Stokgolm, 10-may 2021 yil – O’zbekiston hukumati jurnalist Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod qilishi, uning apellyatsiya murojaatiga qarshi chiqmay, unga va barcha jurnalistlarga erkin ravishda va tazyiqlardan qo’rqmagan holda ishlash imkonini berishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Bugun Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman sudi mahalliy korruptsiya iddaolarini yoritgan bloger Sattoriyni tovlamachilikka…
Stokgolm, 22-aprel 2021-yil – O’zbekiston rahbariyati jurnalist Sid Yanishevga qo’yilgan barcha ayblovlarni bekor qilib, unga erkin ishlash imkonini berishi kerak, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Kecha kunning ikkinchi yarmida poytaxt Toshkentda huquq-tartibot organlari xodimlari “Fergana” mustaqil axborot agentligida frilanser sifatida ishlaydigan Yanishevni hibsga oldi, deya xabar berdi “Fergana” va kechroq…