Gulnoza Said
CPJning Yevropa va Markaziy Osiyo dasturlari koordinatori Gulnoza Saidga O‘zbekistonga kirish taqiqlandi. (Surat: CPJ)

O‘zbekiston rahbariyati CPJ vakili Gulnoza Saidga mamlakatga kirishni taqiqlab, uni AQShga qaytishga majbur qilmoqda

Yangilandi: Seshanba kuni kechqurun aeroportda besh soatcha qolganidan so‘ng Said O‘zbekistonga kiritildi. Rasmiylar unga avvalgi taqiq sababini tushuntirmadi.

Parij, 30-avgust 2022-yil — Seshanba kuni ertalab O‘zbekiston immigratsiya xizmati rahbariyati Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasining (CPJ) Yevropa va Markaziy Osiyo dasturlari koordinatori Gulnoza Saidga mamlakatga kirishni taqiqlab, immigratsiya tizimi uning mamlakatga kirishiga ruxsat berilmaganini ko‘rsatayotganini aytdi.

AQSh fuqarosi Said ayni damda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qolmoqda; rasmiylar u 1-sentabrga rejalangan reysda Nyu-Yorkka uchib ketguniga qadar aeroportda qolishi kerakligini aytgan, dedi Said CPJga.

Said CPJ missiyasi bilan Gruziya va Latviyaga borganidan keyin O’zbekistonga oilaviy tashrif buyurmoqchi edi.

“Oʻzbekiston hukumati Gulnoza Saidga oʻgʻlini olib, oilaviy ta’tildan xotirjam qaytishi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat berishi kerak”, dedi Nyu-Yorkda CPJ prezidenti Jodi Ginsberg. “Said O‘zbekistonda ishlamagan va biz uning mamlakatga kirishiga taqiqni uni mamlakat tashqarisida ishlayotgani va jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun qo‘rqitish uchun qilingan ta’qib turi deb bilamiz”.