Jurnalist Azimjon Asqarov Qirg'izistonning Bishkek sudida 2016-yil 11-oktyabr kuni. CPJ yaqinda uning 2020-yil 25-iyuldagi qamoqdagi o’limi uchun javobgarlikni talab qiladigan qo'shma xatga qo'shildi. (AP/Vladimir Voronin)

CPJ Qirg’iziston rasmiylarini jurnalist Azimjon Asqarov o’limini o’rganishga da’vat etuvchi bayonotga qo’shildi

Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ) bugun inson huquqlari va so’z erkinligi bo’yicha to’rtta boshqa tashkilot bilan birgalikda Qirg’iziston rasmiylarini jurnalist Azimjon Asqarovning qamoqxonada vafot etgani yuzasidan mustaqil tergov o’tkazishga da’vat etdi.

Qo’shma bayonotda aytilishicha, rasmiylar Asqarovning 2020-yil 25-iyul kuni qamoqda olamdan o’tishi yuzasidan chuqur va xolis tekshiruv o’tkazmagan. Mamlakat rasmiylari Asqarovning COVID-19 bilan bog’liq asoratlar sababli vafot etganini ta’kidlagan, ammo qamoqda jurnalist qiynoqqa solingani haqdagi iddaolarga kerakli javob yoki tushuntirish berolmagan.

Bayonotda, shuningdek, rasmiylar marhum jurnalist oilasiga kompensatsiya to’lashi va uni oqlashi kerakligi aytiladi.

Authorities imprisoned Askarov, a contributor to independent news websites including Voice of Freedom, in June 2010 for his coverage of ethnic conflict in southern Kyrgyzstan, as

CPJ ma’lumotlariga ko’ra, hukumat rasmiylari “Ozodlik ovozi” kabi mustaqil yangiliklar veb-saytlariga hissa qo’shgan Asqarovni Qirg’iziston janubidagi etnik nizolarni yoritgani uchun qamoqqa tashlagan edi.

To’liq bayonot matnini bu erda o’qish mumkin.