2021

  

O’zbekistonda Kun.uz va Azon.uz yangiliklar saytlari tasdiqlanmagan “diniy materiallar”ni chop etgani uchun jarimaga tortildi

Stokgolm, 24-iyun 2021-yil – O’zbekiston rasmiylari Kun.uz va Azon.uz mustaqil yangiliklar veb-saytlari xodimlariga nisbatan belgilangan jarimalarni bekor qilib, barcha OAVga erkin xabar va sharh berish imkoniyatini yaratishlari kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 21-iyun kuni poytaxt Toshkentning Chilonzor tuman sudi diniy mavzudagi maqolalarni avvaldan tasdiqlash uchun Din ishlari bo’yicha davlat qo’mitasiga…

Read More ›

O’zbekistonlik jurnalistlar Andijon shahar hokimligida hujumga uchradi

Stokgolm, 14-iyun 2021-yil – O’zbekiston rasmiylari Effect.uz vebsaytining uch xodimiga yaqinda qilingan hujum yuzasidan xolis va puxta tergov o’tkazishi va aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 7-iyun kuni tushdan keyin Andijon shahar hokimligi binosida bir guruh odamlar Effect.uz muxbirlari Rahmatullo Nasretdinov va Abror Eshonxonov hamda operator Suxrob Umarovni…

Read More ›

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini yangilashdan bosh tortdi

Stokgolm, 2-iyun 2021-yil – O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning matbuot akkreditatsiyasini darhol yangilashi va barcha jurnalistlarning ta’qiblardan qo’rqmagan holda reportajlar tayyorlay olishlarini ta’minlashi kerak, deya bayonot bilan chiqdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). Bugun O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) “Al-Jazira” telekanali va “Gardian” gazetasining poytaxt Toshkentda joylashgan frilans-muxbiri Agneshka Pikulitskaning matbuot…

Read More ›

O’zbekistonda internet orqali davlatga “hurmatsizlik” bildirish, norozilik namoyishlarini uyushtirishni taqiqlovchi qonunlar qabul qilindi

Stokgolm, 28-aprel 2021-yil – O’zbekiston rahbariyati internetda so’z erkinligini cheklashga qaratilgan yangi qonunlarni bekor qilishi va jurnalistlarning jazolanishdan qo’rqmay, ahamiyatli masalalarni bemalol yoritishlarini ta’minlashi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ). 31-martda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy kodeks va 2003-yilgi axborot haqdagi qonunga kiritilgan yangi o’zgartishlar parlament va prezident tomonidan ma’qullanganidan so’ng kuchga kirdi,…

Read More ›