Yangilandi: Seshanba kuni kechqurun aeroportda besh soatcha qolganidan so‘ng Said O‘zbekistonga kiritildi. Rasmiylar unga avvalgi taqiq sababini tushuntirmadi. Parij, 30-avgust 2022-yil — Seshanba kuni ertalab O‘zbekiston immigratsiya xizmati rahbariyati Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasining (CPJ) Yevropa va Markaziy Osiyo dasturlari koordinatori Gulnoza Saidga mamlakatga kirishni taqiqlab, immigratsiya tizimi uning mamlakatga kirishiga ruxsat berilmaganini ko‘rsatayotganini aytdi. AQSh…
Stokgolm, 5-iyul 2022-yil – Jurnalist Lolagul Kallixanova O‘zbekiston g‘arbidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida norozilik namoyishlarini yoritganidan so‘ng bedarak yo‘qolgani haqidagi OAV xabarlariga javoban Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) quyidagi bayonot bilan chiqdi va rasmiylarni jurnalistning qayerdaligi haqida bor ma’lumotni o’rtoqlashishga chaqirdi: “Jurnalist Lolagul Kallixanovaning g‘oyib bo‘lishi juda tashvishlidir; O‘zbekiston rasmiylari uning qayerdaligiga oid bor ma’lumotni oshkor etishi va jurnalistik faoliyati…
Stokgolm, 22-iyun 2022-yil – O‘zbekiston rahbariyati “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida ishlovchi ikki jurnalistining futbol o‘yinida ta’qib qilinishi va hibsga olinishini oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda chuqur tekshirishi va matbuotga to‘sqinlik qilgan yoki hujum qilgan huquq-tartibot organlari xodimlarining javobgarlikka tortilishini ta’minlashi kerak. Bu haqda chorshanba kuni Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ) bayonot berdi. “Zamon” dasturi tomonidan…